O‘zbekiston o‘tgan yilning 11 oyida qariyb 3 milliard AQSH dollari miqdoridagi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
O‘zbekiston o‘tgan yilning 11 oyida qariyb 3 milliard AQSH dollari miqdoridagi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
2022 yilning yanvar-noyabr oylari davomida O‘zbekistonda 2,9 milliard AQSH dollari miqdoridagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, xorijga to‘qimachilik mahsulotlarini sotish hajmi 2021 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 250,5 million AQSH dollariga oshgan.
Bu davrda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining eng ko‘p qismini Rossiyaga (1,2 milliard AQSH dollari), Turkiyaga (482 million), Qirg‘izistonga (458 million), Xitoyga (253 million), Eronga (75 million), Polshaga (73,2 million), Qozog‘istonga (55,3 million), Tojikistonga (54,5 million), Belarusga (39,2 million) va Italiyaga (36,9 million AQSH dollari) eksport qildi.