Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
O‘zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot chog‘ida ushbu mamlakatning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, Baxtiyor Saidov Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani munosabati bilan Ozarbayjon tomoniga chuqur hamdardlik izhor etdi.
Ushbu hodisa sinchkovlik bilan o‘rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirildi.