Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Madaniyat instituti prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Madaniyat instituti prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug'bek A'zamov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Madaniyat instituti prezidenti Murodjon Bubriboyevni qabul qildi.
Ma'lumot uchun, IHTning Madaniyat instituti Mintaqaviy madaniy rivojlanish instituti negizida tashkil etilgan bo‘lib, tashkilotga a’zo davlatlar hududida keng ko‘lamli madaniy tadbirlar bo‘yicha tashabbuskor, muvofiqlashtiruvchi, moliyalashtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyani bajaradi.
Jumladan, madaniyat sohasidagi ta’lim muassasalari, muzey va kutubxonalar, televideniye hamda tahririyatlar, madaniy meros va sport yo‘nalishlarida a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash institutning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Ta'kidlash kerakki, uchrashuvda O‘zbekistonning IHT doirasidagi tadbirlarda ishtiroki, tashkilotga a’zo davlatlar bilan madaniy-gumanitar hamda turizm sohalaridagi hamkorlik, kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.