O‘zbekiston TIV rahbari Koreya Respublikasi elchisini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Koreya Respublikasi elchisini qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida O‘zbekiston TIV rahbari elchini oy taqvimiga ko‘ra Yangi yil (“Sollal”) bilan tabrikladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari misli ko‘rilmagan darajada alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.
2023 yilda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajadagi bo‘lajak izchil qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.