O‘zbekiston TIV rahbari Kuvayt elchisini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Kuvayt elchisini qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Kuvayt elchisi Ahmad Xolid Abdulla Al-Jiyronni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlarning BMT, IHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda qo‘shma kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.