O‘zbekiston TIV rahbari Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston TIV rahbari Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkiyaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri TIV manbasiga asoslanib.
O‘zbekiston TIV rahbari joriy yil 6 fevral kuni Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab qurbonlar va keng ko‘lamli vayronagarchiliklar munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Baxtiyor Saidov elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobida taʼziya so‘zlarini qoldirdi.