O‘zbekiston TIV rahbari Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuv o‘tkazdi, yedb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-Vengriya kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi, oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ko‘rib chiqdi.
TIV rahbarlari iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish, farmatsevtika, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati, energetika va boshqa sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni davom ettirish muhimligi to‘g‘risida kelishib oldi.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam ravishda ikki tomonlama maslahatlashuvlarni tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Vengriyaning xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari doirasidagi o‘zaro hamkorligi masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, turizm sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, fan-taʼlim sohasida sheriklikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.