Samarqandda bugun "Samarkand Tourism" Forumi ishini boshladi
Samarqandda bugun "Samarkand Tourism" Forumi ishini boshladi
Samarqandda bugun "Samarkand Tourism" Forumi oʻz ishini boshladi. Forumni Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov ochib berdi.
– Hurmatli forum ishtirokchilari, e’tiboringizni bo‘lajak xalqaro tadbirlarga qaratmoqchiman, – dedi Ulug‘bek A’zamov o‘z nutqida. – Joriy yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan UNWTOning Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi hamda 2024-yilda “Xiva – Islom turizmi poytaxti” doirasida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo 57 davlat turizm vazirlari va turizm ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etiladi.
Ta'kidlash kerakki, "Samarqand Tourism Forumi"ning birinchi kuniga yalpi majlis, davra suhbati, master-klasslar va madaniy tadbir rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, ikki kunlik forum davomida turli mamlakatlardan kelgan 40 nafar sayyohlik sanoati insayderlari o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashadilar. Bu xalqaro platforma turoperatorlar va gidlar, restoratorlar, mehmonxona egalari, turizm bilan bog‘liq korxonalar hamda davlat sektori vakillarini birlashtirdi.