O‘zbekiston Prezidenti Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston Prezidenti Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlatimiz rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi.
1949 yil 1 oktyabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani e’lon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning o‘rtalarida bunyod etilgan.