O'zbekiston yangi elchisi Kuvayt tashqi ishlar vazirining o'rinbosari bilan uchrashuv o'tkazdi
O'zbekiston yangi elchisi Kuvayt tashqi ishlar vazirining o'rinbosari bilan uchrashuv o'tkazdi
AL-KUVAYT, 7-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt tashqi ishlar vazirining protokol masalalari bo'yicha o'rinbosari Nabil ad-Daxil bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot avvalida Kuvayt TIV rahbarining o'rinbosari diplomatni ushbu mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va elchining ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi barcha sa'y-harakatlarini amaliy qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, O'zbekiston va Kuvayt o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari xususida ham fikr almashdilar.
Eslatib o'tamiz, yangi elchi Ayubxon Yunusov 6 fevral kuni Al-Kuvaytga yetib bordi.