«Q8 Press»: O'zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida global hamkorlik loyihasi ishga tushirildi
«Q8 Press»: O'zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida global hamkorlik loyihasi ishga tushirildi
AL-KUVAYT, 16-fevral. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning «Q8 Press» elektron nashrida «O'zbekistonda CMS COP14 doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha bo'yicha global hamkorlik loyihasi ishga tushirildi» sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri:
O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi ma'lumotiga tayanib ma'lum qilinishicha, O'zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha global hamkorlik (GPEC) loyihasini yo'lga qo'yish orqali ekologik boshqaruv sari qadam tashladi.
«Samarqand shahrida Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini saqlash bo'yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig'ilishi (CMS COP14) doirasida mazkur loyihani ishga turishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi, — deyiladi maqolada. — Unda ekologiya va atrof-muhit bo'yicha xalqaro nufuzli tashkilotlar rahbarlari va vakillari, shuningdek, yetakchi ekspertlar qatnashdi».
Qayd etilishicha, GPEC loyihasi ekologik bog'liqlikning asosiy ustuvor yo'nalishlarini hal etish, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish, milliy, transchegaraviy va xalqaro miqyosda aloqalarni saqlab qolish hamda tiklash bo'yicha siyosat va tadbirlarni kengaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga hissa qo'shishga qaratilgan.
Nashrda ta'kidlanganidek, loyiha 4 ta asosiy jihatga: tadqiqot, ma'lumotlar va monitoring; ekologik siyosat va qonunchilik; samarali bajarish; xabardorlikni oshirish va tushuntirish ishlarini olib borishni nazarda tutadi.
«Global atrof-muhit fondi tomonidan qo'llab-quvvatlangan loyiha, asosan, bug'doy yetishtiriladigan yerlarni samarali boshqarish usullari va tabiatni muhofaza qilish strategiyalarini joriy etishga intiladi. Bundan tashqari, u ekotizim degradatsiyasidan barqaror boshqaruv amaliyotiga o'tishni osonlashtiradi», — deb yozgan «Q8 Press».