Kuvaytlik sarmoyadorlar O'zbekistondagi ishtirokini kengaytirishdan manfaatdor
Kuvaytlik sarmoyadorlar O'zbekistondagi ishtirokini kengaytirishdan manfaatdor
AL-KUVAYT, 18-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida "Boursa National: Emerging markets consulting" kompaniyasi raisi Saloh Abdulloh Usmon Yusuf al-Usmon bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida Saloh al-Usmon 2021-yilda O'zbekistonda "Boursa National" kompaniyasining filialini ochib, Kuvaytning xususiy kompaniyalariga konsalting xizmatini ko'rsatib kelayotganligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, u so'nggi uch yil davomida O'zbekiston mutasaddi vazirliklari bilan qator tadbirlar o'tkazgan.
Kuvayt tomoni, shuningdek, O'zbekiston-Kuvayt munosabatlarini yanada rivojlantirish yo'lida qator tadbirlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Kuvaytning "Boursa National: Emerging Markets Consulting" kompaniyasi va O'zbekistondagi konsalting kompaniyalari o'rtasida onlayn muzokaralar o'tkazish rejalashtirildi.