O'zbekiston go'zalligi va tarixini yanada ko'proq o'rganish uchun yana qaytaman
O'zbekiston go'zalligi va tarixini yanada ko'proq o'rganish uchun yana qaytaman
AL-KUVAYT, 19-fevral. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning ommabop "Q8 Press" elektron nashrida Samarqand sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan maqolajoylashtirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muallif mazkur maqolasida Samarqandga amalga oshirgan ijodiy safari tafsilotlarini qalamga olgan. "O'tgan yili yoz oyida men Markaziy Osiyoning eng go'zal davlati O'zbekistonga, xususan, dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri — tarixiy Samarqand shahriga sayohat qilishga qaror qildim", — deb ta'kidlaydi u.
Men dastlab shaharning mashhur an'anaviy bozori – Markaziy Osiyodagi eng qadimiy Siyob bozoriga yo'l oldim.
"Samarqandga tashrif buyurgan kishi masjid, madrasa va maqbaralarni o'z ichiga olgan Shohizinda ansamblini ko'rmasdan ketolmaydi. Mazkur ansambl menga juda katta taassurot qoldirdi, shuningdek, ko'plab tarixiy ma'lumotlarga ega bo'ldim.
Samarqanddagi sayohatim oxirida Siyob bozori o'rtasida joylashgan mahalliy choyxonaga tushdim. U yerda bir piyola an'anaviy ko'k choy bilan o'zbeklarning o'sha mashhur palovini tatib ko'rdim.
Samarqand shahrining tarixiy kitoblarda bitilgan go'zalliklaridan bahramand bo'lgan kunlarimdan so'ng, men ushbu go'zal shaharni unutilmas xotiralar bilan tark etdim. Bu maftunkor mamlakat – O'zbekistonning go'zalligi va tarixini ko'proq o'rganish uchun yana qaytishga va'da beraman", — deb yozilgan "Q8 Press"da e'lon qilingan maqola yakunida.