Qozog'iston Prezidenti O'zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Qozog'iston Prezidenti O'zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
TOSHKENT, 19-fevral. /"Dunyo" AA/. Ostona shahrida tashrif bilan bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni bugun Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Ostona shahriga tashrifimiz davomida Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun sharafdir, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlarimiz o'rtasida o'rnatilgan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishga birinchilardan bo'lib xizmat qiladi".