O'zbekiston TIV rahbari va AQSh elchisi qo'shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar
O'zbekiston TIV rahbari va AQSh elchisi qo'shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar
TOSHKENT, 24-fevral. "Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
«Bugun Tashqi ishlar vazirligida AQShning mamlakatimizdagi Elchisi Jonatan Xenik janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarimizning muhim mavzulari va qo'shma tadbirlar jadvalini muhokama qildik. O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi 2024-yilga mo'ljallangan hamkorlik kun tartibi juda keng qamrovli va jadaldir».