Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Kuvayt Diplomatiya instituti o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish istiqbollari o'rganilmoqda
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Kuvayt Diplomatiya instituti o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish istiqbollari o'rganilmoqda
AL-KUVAYT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt tashqi ishlar vazirining diplomatiya instituti bo'yicha o'rinbosari Nosir as-Subayh bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Suhbat avvalida Shayx Saud an-Nosir as-Sabah nomidagi Kuvayt Diplomatiya instituti faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi.
Tomonlar O'zbekiston va Kuvayt Tashqi ishlar vazirliklari huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Kuvayt Diplomatiya instituti o'rtasida hamkorlik bo'yicha anglashuv memorandumini imzolash muhim ekanligini ta’kidladilar. Shu o'rinda, mazkur hujjatning dastlabki loyihasini ingliz tilida ishlab chiqishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, Kuvayt Diplomatiya instituti rahbariyati 13-14-may kunlari o'tkaziladigan "O'zbekistonning investitsion, eksport va turizm imkoniyatlari ko'rgazmasi"ga taklif qilindi.