O'zbekiston va Kuvayt xotin-qizlar tashkilotlari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
O'zbekiston va Kuvayt xotin-qizlar tashkilotlari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
AL-KUVAYT, 18-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi ko'magida O'zbekiston Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva va Kuvayt Xotin-qizlar uyushmalari ittifoqi raisi Sheyxa Fadiya Saad al-Abdulloh al-Salim al-Sabah o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, qo'shma loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, xotin-qizlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash borasida tajriba almashish, ayollar huquqlarini himoya qilish seminarlar tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida O'zbekiston Oila va xotin-qizlar qo'mitasi va Kuvayt Xotin-qizlar uyushmalari ittifoqi o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjat xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va do'stona aloqalarni mustahkamlashda kabi muhim yo'nalishlarni qaram oladi.