Kuvayt kompaniyasi Sergeli tumanida zamonaviy intensiv bog' barpo etish loyihasini amalga oshiradi
Kuvayt kompaniyasi Sergeli tumanida zamonaviy intensiv bog' barpo etish loyihasini amalga oshiradi
AL-KUVAYT, 23-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuvaytga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Al-Kuvaytda o'tkazilgan O'zbekistonning investitsiyaviy, eksport va turistik salohiyatiga bag'ishlangan ko'rgazma doirasi bo'lib o'tgan tashrif davomida Kuvaytning 20 dan ortiq kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar uyushtirildi.
Jumladan, "Gulf General Trading Co. Ltd." kompaniyasi rahbari Iyad Solih va "Marafie Group" xolding korporatsiyasi boshqaruv kengashi raisi Abdufattah Ma'rafiy bilan Sergeli tumaniga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha samarali uchrashuvlar o'tkazildi.
Muzokaralar natijasida "Gulf General Trading Co. Ltd." kompaniyasi bilan Sergeli tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalarda zamonaviy texnologik laboratoriya tashkil etish loyihasi bo'yicha bitim imzolandi. Shuningdek, "Marafie Group" xolding korporatsiyasi rahbariyati bilan tumanda zamonaviy intensiv bog'dorchilik loyihasini amalga oshirish va va yetishtiriladigan meva hosilini Toshkent shahrida qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida eksport qilishga kelishib olindi.