"Q8 Press": Samarqand Inson huquqlari bo'yicha IV forumni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda
"Q8 Press": Samarqand Inson huquqlari bo'yicha IV forumni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda
AL-KUVAYT, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning yetakchi "Q8 Press" elektron nashrida "Xalqaro hamjamiyat ishtirokda O'zbekiston Inson huquqlari bo'yicha IV Samarqand forumini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqolada shu yilning 13-14-iyun kunlari o'tkaziladigan Inson huquqlari bo'yicha IV Samarqand forumi "Ekologik muammolar: o'zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi va barqaror yechimlar topish" mavzusida tashkil etiladi.
"Forumda asosiy e'tibor iqlim o'zgarishlarining inson huquqlariga ko'rsatadigan salbiy ta'sirini yumshatishga oid aniq tavsiya va yechimlar tayyorlashga qaratiladi. Bu boradagi munozaralar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va o'zgarayotgan iqlim sharoitida har bir insonning huquqlarini himoya qilish uchun ko'maklashadigan samarador strategiya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun turli soha mutaxassislariga qulay maydon bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda", – deya qayd etgan elektron nashr.
Maqolaning yakunida "Forumda 200 nafar mutaxassis qatnashishi rejalashtirilgan. Xususan, milliy va xorijiy ekspertlar, iqlim bo'yicha mutaxassislar, davlat tashkilotlarining iqlim o'zgarishi muammolari bilan shug'ullanadigan mas'ullari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy tadqiqot markazlari, kompaniyalar, ishbilarmon doiralar va xalqaro tashkilotlarning vakillari taklif etilgan, – deb yozgan "Q8 Press".