O'zbekiston Kuvayt aholisi o'rtasida mashhur sayyohlik manziliga aylanib bormoqda
O'zbekiston Kuvayt aholisi o'rtasida mashhur sayyohlik manziliga aylanib bormoqda
AL-KUVAYT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Kuvaytda O'zbekistonning investitsiyaviy va turistik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Kuvaytlik tadbirkorlar, investorlar va sayyohlar ishtirok etgan tadbirda O'zbekistonda savdo-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo'lidagi o'zgarishlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, yurtimizning turizm salohiyati, mamlakatimizda barpo etilgan zamonaviy mehmonxonalar, logistika infratuzilmasi va yangi sayyohlik yo'nalishlari ta'kidlandi. Kuvayt fuqarolari uchun O'zbekistonga kirish bo'yicha 10 kunlik vizasiz tartib joriy etilgani va "Jazeera" aviakompaniyasining Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlariga reyslari yo'lga qo'yilgani bildirildi.
Kuvayt vakillarining aytishicha, O'zbekiston qadimiy Ipak yo'lining durdonasi va jadal rivojlanayotgan sayyohlik yo'nalishlaridan biri sifatida kuvaytliklar o'rtasida mashhur sayyohlik manziliga aylanib bormoqda.