Kuvayt O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda
Kuvayt O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda
AL-KUVAYT, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi ko'magida O'zbekiston va Kuvayt kompaniyalari vakillari o'rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.
Jumladan, mamlakatimizdagi "Helathunuts LLC", "Avvali Kokand", "Sunny Fruits" "UzKand" va "Srafers Co" kompaniyalari vakillarining Kuvaytning "Lulu Hypermarket" savdo majmuasi tijorat menejeri Ajesh Unikrishnan bilan kechgan muzokaralari chog'ida ushbu davlatga O'zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va qandolat mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
O'tkazilgan onlayn muzokaralar natijasida O'zbekiston mahsulotlarini Kuvayt bozoriga joylashtirish bo'yicha ishlarni davom ettirish uchun o'zaro muloqotni davom ettirish va namunalar taqdim etish to'g'risida kelishib olindi.