O'zbekistondagi istiqbolli investitsiyaviy loyihalar Kuvayt tomoniga qiziqish uyg'otmoqda
O'zbekistondagi istiqbolli investitsiyaviy loyihalar Kuvayt tomoniga qiziqish uyg'otmoqda
AL-KUVAYT, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvaytning "Al Mulla Group" korporatsiyasi ijrochi direktori Talol Anvar al-Mulla bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida O'zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, o'zbek ishbilarmon doira vakillari bilan sheriklik aloqalarini kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Elchi Kuvayt tomonini O'zbekistonda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, O'zbekistonda hayotga tadbiq etish uchun ishlab chiqilgan investitsiyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish taklifi bildirildi.
Talol Anvar al-Mulla so'nggi yillarda O'zbekiston barcha jabhalarda keskin rivojlanib borayotganini va respublikada hukumat tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlarni yuksak baholadi.
Uchrashuv yakunida Kuvayt tomoni qiziqishiga sabab bo'lgan loyihalar shartlarini muhokama qilish maqsadida O'zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan onlayn muzokaralar tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.