"Q8 Press": "O'zbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari faol ishtirok etmoqda
"Q8 Press": "O'zbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari faol ishtirok etmoqda
AL-KUVAYT, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning ommabop "Q8 Press" elektron nashrida O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha o'zgarishlarga bag'ishlagan maqola joylashtirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Nashrda bugungi kunda respublikani taraqqiy ettirish va "O'zbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari xususan nodavlat notijorat tashkilotlari faol ishtirok etayotgani ta'kidlangan.
"Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlarini ta'minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi, – deyiladi materialda. – Xususan, O'zbekistonning "Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi, "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to'g'risida"gi, "Jamoatchilik nazorati to'g'risida" Qonunlar, O'zbekiston Prezidentining "2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" farmoni va hukumatning qator qarorlari qabul qilindi".
2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo'llab-quvvatlash hajmini 2025-yilda 1,8 baravarga oshirish va ajratiladigan mablag' miqdorini 70 milliard so'mga yetkazish vazifasi belgilangan.