O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh modelini shakllantirish borasidagi ishlar Kuvayt OAV nigohida
O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh modelini shakllantirish borasidagi ishlar Kuvayt OAV nigohida
AL-KUVAYT, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning ommabop "Al-Jarida" gazetasida "O'zbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchi iqtisodiy rivojlanayotgan davlatlardan biri" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik iqtisodiyotga ega davlatlardan bir hisoblanadi. Ochiq iqtisodiyot va savdoni liberallashtirish yo'lida qariyb besh yil avval boshlangan tarkibiy islohotlar izchil davom etmoqda", – deyiladi maqolada.
Nashrda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish 2020" hisobotida O'zbekiston 69-o'rinni egallagani va amalga oshirilayotgan islohotlar hajmi va samaradorligi bo'yicha dunyoning "eng kuchli 20 ta" islohotchi davlatlari qatoriga kirgani xabar qilingan.
Bundan tashqari, O'zbekiston 2021-yil uchun Iqtisodiy erkinlik indeksida o'z o'rnini yaxshilashga muvaffaq bo'ldi. O'zbekistonning 2021-yilda tasdiqlangan Yevropa Ittifoqining Savdo imtiyozlari dasturiga ("Preferensiyalarning umumiy tizimi+") qo'shilishi YIga to'qimachilik mahsulotlari eksportini 2022-yildagi 150 million yevrodan 2025-yilga kelib 1 milliard yevrogacha oshiradi.
Maqola yakunida, "O'zbekiston hukumati aniq ko'zlangan maqsadlarga erishishga intilmoqda hamda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh modelini shakllantirish borasidagi ishlar davom etyapti", – deb yozgan "Al-Jarida".