"Q8 Press": 21-23-noyabr kunlari O'zbekistonda"Ipak yo'lida turizm – 2024" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo'lib o'tadi
"Q8 Press": 21-23-noyabr kunlari O'zbekistonda"Ipak yo'lida turizm – 2024" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo'lib o'tadi
AL-KUVAYT, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Q8 Press" elektron nashrida bo'lajak "Ipak yo'lida turizm – 2024" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqolada ma'lum qilinishicha, joriy yilning 21-23-noyabr kunlari "Central Asian Expo" xalqaro ko'rgazma majmuasi butun dunyo sayohat ixlosmandlari uchun diqqatga sazovor joyga aylanadi.
"Ipak yo'lida turizm" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi – butun dunyo bo'ylab turizm sohasining yetakchi mutaxassislarini to'playdigan keng ko'lamli tadbirdir. Yarmarkada o'nlab mamlakatlarning sayyohlik imkoniyatlari taqdimotlari, yuzlab mutaxassislarning uchrashuvlari va biznes muzokaralari, shuningdek turizmni rivojlantirishning asosiy masalalari bo'yicha xalqaro konferensiyalar o'tkaziladi", – deyiladi maqolada.
Elektron nashrda ta'kidlanishicha, 1995-yildan beri "BMT Turizm" tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi jahon sayyohlik taqvimida muhim voqea bo'lib, har yili O'zbekiston poytaxtida o'tkaziladi.
"O'tgan yilgi yarmarkada 8 mingdan ortiq bitimlar imzolanib, turizm sohasi vakillari o'rtasida 20 mingdan ortiq muzokaralar o'tkazildi. Ushbu raqamlar yarmarkaning turizmni rivojlantirish katalizatori sifatidagi ahamiyatidan dalolatdir", – deya qayd etilgan "Q8 Press" tarqatgan maqolada.