Kuvayt kompaniyasi O'zbekistondan meva eksporti hajmini ko'paytirmoqda
Kuvayt kompaniyasi O'zbekistondan meva eksporti hajmini ko'paytirmoqda
KUVAYT, 12-iyul. /"Dunyo" AA/. Avval ma'lum qilganimizdek, Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasi Buxoro viloyatidagi "National Agroforte" kompaniyasi bilan O'zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirish bo'yicha hamkorlik qilyapti, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Mamlakatimiz elchixonasi "Star Fruit" kompaniyasi ijrochi direktori Abduraxmon Sururga tayanib ma'lum qilishicha, Kuvayt tomoni "National Agroforte" kompaniyasi ko'magida yurtimizda yetishtirilgan mevalar eksporti hajmini oshiryapti.
Xususan, ikki kompaniya o'rtasida tuzilgan yangi shartnomaga muvofiq, o'zbek tomoni salkam ikki tonnaga yaqin meva va poliz mahsulotlarini, xususan, gilos, o'rik, shaftoli, olxo'ri, olma hamda qovun va tarvuzni Kuvaytga yetkazib berdi.
Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, "Star Fruit" kompaniyasi O'zbekiston mahsulotlarining onlayn savdosini ham yilga qo'ygan.
"Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits" kompaniyasi 1991-yilda tashkil etilgan bo'lib, yangi meva va sabzavotlarni Kuvaytdagi restoranlar va besh yulduzli mehmonxonalarga yetkazib berish bilan shug'ullanadi. Kompaniya butun dunyo bo'ylab meva-sabzavotlarni yetkazib beruvchi korxonalar bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ygan.