Kuvayt matbuoti O'zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida yozmoqda
Kuvayt matbuoti O'zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida yozmoqda
AL-KUVAYT, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning ommabop "Al-Jarida" gazetasida "Farvaniya gubernatori va O'zbekiston elchisi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda ta'kidlanishicha, Kuvaytning Farvaniya gubernatori shayx Azbi an-Nosir do'st O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda turli sohalarda va barcha darajalarda o'zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, deyiladi manbada.
Shayx Azbi an-Nosir O'zbekiston va Kuvayt o'rtasidagi yaqin munosabatlarni e'tirof etish barobarida, ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarishga barcha imkoniyatlar mavjudligi qayd etdi.
"O'z navbatida, elchi gubernatorga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O'zbekiston va Kuvayt munosabatlarini barcha jabhada rivojlantirish va hududlararo hamkorlikni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi", - deb yozgan "Al-Jarida" gazetasi.