O'zbekiston tashqi ishlar vaziri tashrif bilan Kuvaytga bordi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri tashrif bilan Kuvaytga bordi
TOSHKENT, 13-avgust. /"Dunyo" AA/. Tashrif bilan Al-Kuvaytga borgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali al-Yahyo bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali al-Yahyo janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Delegatsiyamiz samimiy qabul qilingani uchun minnatdorlik bildiramiz. Kun tartibimiz keng ko'lamli bo'lib, qator sohalarda O'zbekiston-Kuvayt ikki tomonlama hamkorligini kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlarni o'z ichiga oladi".
TIV matbuot kotibining ma'lum qilishicha, tashrif davomida qator ikki tomonlama muzokaralar, yetakchi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar va O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.