O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va xalqaro kompaniyalar guruhi rahbari Al-Kuvaytda foydalanilmagan salohiyatni ro'yobga chiqarish istiqbollarini muhokama qildilar
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va xalqaro kompaniyalar guruhi rahbari Al-Kuvaytda foydalanilmagan salohiyatni ro'yobga chiqarish istiqbollarini muhokama qildilar
TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Al-Kuvayt shahrida "Fouad Alghanim & Sons Group" xalqaro kompaniyalar guruhi asoschisi va raisi Fuad Muhammad Sunyon al-G'onim bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Fouad Alghanim & Sons Group" asoschisi va raisi janob Fuad Muhammad Sunyon al-G'onim bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zbekiston va Kuvayt o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdik. Bizda hali foydalanilmagan katta salohiyat mavjud".
Bundan 50 yil avval tashkil etilgan "Fouad Alghanim & Sons Group" xalqaro kompaniyalar guruhi bugungi kunda dunyoning ko'plab yetakchi mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda.