O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvayt kompaniyasining mamlakatimiz bozoriga kirishini qo'llab-quvvatladi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvayt kompaniyasining mamlakatimiz bozoriga kirishini qo'llab-quvvatladi
TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Al-Kuvayt shahrida "Gulf Care General Trading Co" kompaniyasi raisi Iyad al-Solih bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Gulf Care General Trading Co" kompaniyasi raisi, doktor Iyad al-Solih bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Kompaniyaning O'zbekiston bozoriga kirishi va ilg'or texnologiyalar hamda innovatsiyalar orqali o'z ishtirokini kengaytirishdan samimiy manfaatdorligini qo'llab-quvvatlaymiz".
TIV ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida qator ikki tomonlama muzokaralarda, yetakchi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar va O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumida ishtirok etadi.