O'zbekiston va Kuvayt ikki mamlakat o'rtasidagi havo qatnovlari sonini ko'paytirish masalalarini muhokama qilmoqda
O'zbekiston va Kuvayt ikki mamlakat o'rtasidagi havo qatnovlari sonini ko'paytirish masalalarini muhokama qilmoqda
TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Al-Kuvayt shahrida "Jazeera Airways" boshqaruv kengashi a'zosi va "Boodai Corporation" bosh direktori Mishaal al-Usaimi bilan ikki mamlakat o'rtasidagi aviareyslar sonini ko'paytirish masalalarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"O'zbekiston va Kuvayt o'rtasida havo qatnovlarini oshirish ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – "Jazeera Airways" boshqaruv a'zosi va "Boodai Corporation" bosh direktori janob Mishaal al-Usaimi bilan birgalikda mamlakatlarimiz o'rtasidagi aviareyslar sonini ko'paytirishning bir qancha yo'llarini muhokama qildik".