O'zbekiston TIV rahbari: Biz mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o'rtasidagi har qanday o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz
O'zbekiston TIV rahbari: Biz mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o'rtasidagi har qanday o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz
TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA /. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Al-Kuvayt shahrida O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Bugun Kuvayt Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki davlatdan 200 dan ortiq vakillar qatnashgan O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumini o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Keng iqtisodiy islohotlar natijasida yaratilayotgan istiqbolli imkoniyatlarni o'rganish uchun xorijiy kompaniyalarga O'zbekiston eshiklari keng ochiq. Biz mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o'rtasidagi har qanday o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz. Ko'rgazmada namoyish etilayotgan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga katta qiziqish bildirilayotganidan mamnunmiz".