Noyabr oyida Toshkentda Savdo bo'yicha O'zbekiston-Kuvayt hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi bo'lib o'tadi
Noyabr oyida Toshkentda Savdo bo'yicha O'zbekiston-Kuvayt hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi bo'lib o'tadi
TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA /. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Al-Kuvayt shahrida Kuvayt moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo'yicha davlat vaziri Anvar Ali al-Mudaf bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Kuvayt Davlati moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo'yicha davlat vaziri doktor Anvar Ali al-Mudaf janoblari bilan konstruktiv uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Noyabr oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan Savdo bo'yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi uchun sermazmun kun tartibini yaratish zarurligini ta'kidladik. O'zaro savdoni ko'paytirish va diversifikatsiya qilish, B2B aloqalarini muntazam rag'batlantirish va qo'shma loyihalarni qo'llab-quvvatlashga kelishib oldik".