O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvayt Arab iqtisodiy rivojlanish jamg'armasi bosh direktori bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvayt Arab iqtisodiy rivojlanish jamg'armasi bosh direktori bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA /. Tashrif bilan Kuvaytda bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Arab iqtisodiy rivojlanish jamg'armasi bosh direktori Valid al-Bahar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Kuvayt Arab iqtisodiy rivojlanish jamg'armasi Ko'rfaz arab davlatlari orasida O'zbekistonga birinchilardan bo'lib kirgan, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bosh direktor Valid al-Bahar janoblari bilan uchrashuv chog'ida mamlakatimizda ijtimoiy ahamiyatga molik va infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qildik"