"Al-Jarida" gazetasi: "O'zbekiston-2030" strategiyasini amalga oshirishning asosiy g'oyalaridan biri – bu inson resursini rivojlantirishdir
"Al-Jarida" gazetasi: "O'zbekiston-2030" strategiyasini amalga oshirishning asosiy g'oyalaridan biri – bu inson resursini rivojlantirishdir
AL-KUVAYT, 22-avgust. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Al-Jarida" gazetasida "Inson resursini rivojlantirish – "O'zbekiston-2030" strategiyasining ustuvor vazifasi" carlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda "O'zbekiston-2030" strategiyasida mamlakatda jahon standartlariga to'liq javob beradigan, ijodiy yondashuv va kasbiy mahoratni rivojlantirishga xizmat qiladigan ta’lim tizimini yaratishga qaratil bir qator maqsadlar belgilangani qayd etilgan.
"Yoshlarning intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va yanada oshirish maqsadida xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarning xarajatlarini qoplab berish bo'yicha davlat xizmatlari yo'lga qo'yildi va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 800 turdagi tanlovlar, musobaqalar va o'yinlar o'tkazmoqda", – deb ta’kidlagan Kuvayt bosma nashri.
Ma’lum qilinishicha, O'zbekiston yoshlarining zamonaviy bilim va ko'nikmalarga o'rgatish hamda ularning yuqori daromadli sohalarda qulay ishlashlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida https://uzbekcoders.uz platformasida AQSHning Coursera kompaniyasi kurslari tashkil etildi. Natijada 215 mingdan ortiq yoshlar mazkur kurslarda qamrab olindi. Shuningdek, mahallalarda yashayotgan yoshlar o'rtasida sportning 11 turi bo'yicha besh bosqichli mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika darajasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Maqolada Global innovatsion indeksdagi past ko'rsatkichlar bo'yicha aniq chora-tadbirlar rejasining tasdiqlanishi, mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirishga bo'lgan intilishini ko'rsatayotgani qayd etilgan. 2023-yilgi Global innovatsion indeks reytingida O'zbekiston 132 mamlakatlar orasida 82-o'rinni saqlab qoldi, deb xabar qilingan manbada.
Maqola yakunida "O'zbekiston-2030" strategiyasining amalga oshirilishi tahlili shuni ko'rsatadiki, hukumat tomonidan inson kapitalini rivojlantirishda muhim qadamlar tashlanmoqda, bu esa O'zbekistonning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti uchun muhim omildir", – deb yozgan "Al-Jarida".