"Al Jarida" gazetasi: O'zbekistondagi islohotlar mamlakat eksportining kuchli o'sishi va jahon iqtisodiyotiga chuqurroq integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda
"Al Jarida" gazetasi: O'zbekistondagi islohotlar mamlakat eksportining kuchli o'sishi va jahon iqtisodiyotiga chuqurroq integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda
AL-KUVAYT, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "«Al Jarida»" gazetasida O'zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Joriy yarim yillik yakunlariga ko'ra O'zbekiston 186 ta davlat bilan o'zaro savdo aloqalarini amalga oshirdi va tashqi savdo aylanmasi hajmi 31,8 milliard AQSh dollariga yetgan. Bunda eksport hajmi 13 milliard dollarga teng bo'lib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 foiz o'sish kuzatildi", – deyiladi materialda.
Shuningdek, bugungi kunda O'zbekiston eksportyorlari soni 5682 taga yetgani, ular tomonidan o'tgan yarim yilda qariyb 8,7 milliard dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilingani, mazkur qiymat 2023-yilning mos davriga nisbatan 10,9 foizga oshgani haqidagi aniq ma'lumotlar mushtariylar e'tiboriga taqdim qilingan.
"2024-yilning birinchi yarmidagi O'zbekistonning tashqi savdosida eng katta ulush MDH mamlakatlariga to'g'ri keldi – 11,0 milliard dollar, YOII mamlakatlariga – 8,4 milliard dollar, boshqa davlatlar bilan tovar ayirboshlash – 20,9 milliard dollar va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan – 3,1 milliard dollarni tashkil etdi", – deya qayd etilgan nashrda.
Maqola yakunida "O'zbekistondagi islohotlar bo'yicha tashabbuslar va strategiyalar eksportning kuchli o'sishi va jahon iqtisodiyotiga chuqurroq integratsiyalashuviga yo'l ochishiga xizmat qilmoqda", – deb yozilgan.