O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga bo'lajak saylovlar Kuvayt OAV nigohida
O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga bo'lajak saylovlar Kuvayt OAV nigohida
AL-KUVAYT, 12-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Q8 Press" elektron nashrida "O'zbekistonda parlament saylovlari 27-oktabr kuni bo'lib o'tadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Nashrda O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari joriy yilning 27-oktabrida o'tkazilish ta'kidlangan. Saylov kampaniyasi esa 26 iyuldan boshlangan.
Ushbu saylovlar O'zbekiston Konstitutsiyasida belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o'tkazilayotganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
"O'zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, ya'ni majoritar-proporsional tizim asosida o'tkaziladi. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya'ni saylovchilar o'zlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yo'li bilan, qolgan 75 nafari esa, proporsional tizim bo'yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi", – deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyati, ularning saylov jarayonlari ishtirokchilari bilan o'zaro munosabatlari to'liq raqamlashtirildi.
Maqola yakunida, "O'zbekiston saylov qonunchiligi ilg'or demokratik standartlarga mos ravishda tubdan takomillashtirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko'rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo'lishi belgilandi", – deb yozilgan.