O'zbekistonlik talabalar Kuvayt universiteti huzuridagi Til o'qitish institutida arab tilini o'rganishadi
O'zbekistonlik talabalar Kuvayt universiteti huzuridagi Til o'qitish institutida arab tilini o'rganishadi
AL-KUVAYT, 16-sentyabr. /"Dunyo" AA/. 2024-2025-o'quv yilida Kuvayt universiteti huzuridagi Til o'qitish institutida arab tilini o'rganish bo'yicha grant asosida ta'lim olish uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari joriy yilning 12 sentyabr kuni Kuvaytga yetib keldilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston elchixonasi tomonidan Kuvayt universiteti o'quv grantlari bo'limi boshlig'i Bashayir al-Usfur va talabalar qabul bo'limi mas'uli Muhammad al-Ajyan bilan qator uchrashuvlar o'tkazilib, tegishli hujjatlar (viza, aviachipta) rasmiylashtirildi.
Kuvayt universiteti davlat oliy ta'lim muassasasi bo'lib, 1966-yilda tashkil etilgan. Ta'lim arab va ingliz tillarida olib boriladi.