"Q8 Press": Markaziy Osiyodagi eng go'zal mamlakatlardan biri – O'zbekiston turistlarni faol jalb qilmoqda
"Q8 Press": Markaziy Osiyodagi eng go'zal mamlakatlardan biri – O'zbekiston turistlarni faol jalb qilmoqda
AL-KUVAYT, 25-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Q8 Press" elektron nashrida "Markaziy Osiyo gavhari — O'zbekiston bo'ylab sayohat" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"O'zbekiston Markaziy Osiyodagi eng go'zal mamlakatlardan biri bo'lib, o'zining turli sayyohlik maskanlari va noyob arxeologik yodgorliklari bilan turistlarni faol jalb qilmoqda", – deb yozilgan material muqaddimasida.
O'zbekiston turizmi o'zining ko'plab yo'nalishlari bilan mashhur, chunki u ko'plab muzeylar va qadimiy yodgorliklardan tashqari ajoyib tabiiy qirg'oqlar, tog'li hududlar va ekzotik daraxtlarni o'z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, O'zbekistondagi turizm - bu vaqt va makon bo'ylab sayohat, u insoniy yoki tarixiy bo'ladimi, sizni o'zining boy tafsilotlari bilan qamrab oladigan sayohatdir.
"O'zbekistondagi turizm bugungi kunni o'tmish, boy tarix va zamonaviylik bilan uyg'unlashtiradi. YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan masjidlar, saroylar va arxeologik yodgorliklar... Bularning barchasi va boshqalar O'zbekistonni dunyoning eng yaxshi sayyohlik maskanlaridan biriga aylantirdi", – deb ta'kidlangan nashrda.
Ushbu mamlakatga sayohat davomida siz tarixi va qadimiy obidalari hamda buyuk alloma va mutafakkirlari bilan mashhur bo'lgan Toshkent, Buxoro va Xorazm kabi qadimiy shaharlar bilan tanishishingiz mumkin.
"O'zbekiston past tekisliklar va ajoyib ko'llari bilan ham mashhur. Baland tog'lardagi dam olish hududlari, havaskor alpinistlar va qishki sportni yaxshi ko'radiganlar uchun juda qulay", – deb yozgan "Q8 Press".
Shuningdek, maqolada O'zbekistonning Andijon, Samarqand, va Farg'ona shaharlari to'g'risidagi muhim ma'lumotlar o'quvchilar e'tiboriga taqdim qilingan.