"Al-Jarida" gazetasi: O'zbekiston o'zini mintaqada ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishda yetakchi davlat sifatida namoyon etmoqda
"Al-Jarida" gazetasi: O'zbekiston o'zini mintaqada ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishda yetakchi davlat sifatida namoyon etmoqda
AL-KUVAYT, 25-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning ommabop "Al-Jarida" gazetasida "O'zbekiston kuchli ijtimoiy siyosatni rivojlantirish yo'lida" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Nashrda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dinamikasiga mos ravishda samarali ijtimoiy himoya siyosatini yuritishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlangan. "Yangilangan Konstitutsiyada ilk bor O'zbekiston "ijtimoiy davlat", deb e'lon qilindi, – deyilgan maqolada. – So'nggi yillarda aholi uchun ajratilgan ijtimoiy yordam ko'lami 5 barobarga oshirilib, 2 milliondan ortiq oila ushbu ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olindi".
"Ijtimoiy davlat" tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga doir huquq va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash, aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg'or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida O'zbekiston Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.
Agentlik o'z faoliyatini boshlagan ilk kunlardan boshlab ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish orqali kuchli ijtimoiy qonunchilik bazasini shakllantirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2023-yil 1-iyundan – 2024-yil fevraliga qadar 21 ta qonunchilik hujjatlari, jumladan, 2 ta O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Prezidentining 3 ta Farmoni va qator hukumat qarorlari qabul qilingan.
"O'zbekiston hukumati tomonidan mahallalar darajasida 208 ta tuman (shahar)larda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi. Ijtimoiy xodimlar tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar turlari kengaytirilib, ular doirasi 49 ta xizmat, jumladan 18 ta xizmat telefon ilovasi orqali ko'rsatilmoqda", – deya qayd etgan Kuvayt bosma nashri.
Maqola yakunida, "Keng ko'lamli tashabbuslar orqali O'zbekiston o'zini mintaqada ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishda yetakchi davlat sifatida namoyon etmoqda", – deb yozilgan.
"O'zbekiston past tekisliklar va ajoyib ko'llari bilan ham mashhur. Baland tog'lardagi dam olish hududlari, havaskor alpinistlar va qishki sportni yaxshi ko'radiganlar uchun juda qulay", – deb yozgan "Q8 Press".
Shuningdek, maqolada O'zbekistonning Andijon, Samarqand, va Farg'ona shaharlari to'g'risidagi muhim ma'lumotlar o'quvchilar e'tiboriga taqdim qilingan.