Kuvayt OAV mamlakat biznes vakillari va investorlarining O'zbekistonga safari dasturini e'lon qildi
Kuvayt OAV mamlakat biznes vakillari va investorlarining O'zbekistonga safari dasturini e'lon qildi
AL-KUVAYT, 26-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning ommabop "Times Kuwait" gazetasida va "Q8 Press" elektron nashrida joriy yilning 16-21-oktabr kunlari Toshkent shahri, Farg'ona va Sirdaryo viloyatlarida O'zbekiston–Kuvayt biznes-forumlari bo'lib o'tishi haqidagi turkum maqolalar e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Nashrlarda ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun Kuvayt ishbilarmonlari va investorlaridan iborat katta delegatsiya O'zbekistonga borishi qayd etilgan.
Ma'lum qilinishicha, biznes-forumlar doirasida O'zbekiston va Kuvayt kompaniyalari o'rtasida qator uchrashuv va muzokaralar o'tkaziladi hamda tegishli shartnomalar imzolanadi.
"Bundan tashqari, Kuvayt biznesi vakillari "Qo'qon" erkin iqtisodiy zonasida bo'ladi, Farg'ona investitsiya va sayyohlik forumining ochilish marosimida ishtirok etadi hamda korxonalar faoliyati bilan tanishadi.