"Al-Jarida" gazetasi: "O'zbekiston 2030" strategiyasida sud-huquq tizimini isloh qilish bo'yicha aniq vazifalar belgilangan
"Al-Jarida" gazetasi: "O'zbekiston 2030" strategiyasida sud-huquq tizimini isloh qilish bo'yicha aniq vazifalar belgilangan
AL-KUVAYT, 28-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Al-Jarida" gazetasida "Ochiqlik va adolat... Yangi O'zbekistondagi o'zgarishlarning asosiy omili" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"O'zbekistonda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va o'zgarishlar mamlakatning yangi taraqqiyot yo'lini belgilab bermoqda, – deb yozilgan maqolada. – Bu jarayonda ochiqlik va adolat asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo'lmoqda. Davlat boshqaruvida va jamiyatda shaffoflikni ta'minlash, axborotga erkin kirish imkoniyatini yaratish va fuqarolarning fikr-mulohazalarini inobatga olish ochiqlikning mavjudligidan dalolatdir".
Ijtimoiy adolatni ta'minlash hozirgi davrning muhim shartlaridan biri bo'lib, barcha fuqarolarning teng imkoniyatlarga ega bo'lishini ta'minlash, kam ta'minlangan aholi qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, jamiyatda tenglik va adolatni qaror toptirishga yordam beradi.
"O'zbekiston 2030" strategiyasida sud-huquq tizimini isloh qilish bo'yicha aniq vazifalar belgilangan. Jinoyat ishlarining ochilishidan tortib, sud qarori chiqarilganiga qadar, identifikatsiya raqamlari va tezkor javob berish (QR) kodlaridan foydalangan holda sud jarayonini nazorat qilish uchun yagona elektron yozuvni yaratish asosiy tashabbuslardan biridir.
Islohotlar, shuningdek, asosan Advokatlar institutini davlat organlaridan mustaqilligini oshirishga qaratilgan. Bu esa unga yanada samarali yuridik yordam ko'rsatish imkonini beradi.