"Times Kuwait" gazetasi: O'zbekistondagi turizm - bu vaqt va makon bo'ylab sayohat
"Times Kuwait" gazetasi: O'zbekistondagi turizm - bu vaqt va makon bo'ylab sayohat
AL-KUVAYT, 29-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning ingliz tilida bosiladigan "Times Kuwait" gazetasida "Markaziy Osiyo gavhari bo'lmish O'zbekistonni ajoyib shaharlari orqali bilib oling" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda ta'kidlanishicha, O'zbekiston Markaziy Osiyodagi eng go'zal mamlakatlardan biri bo'lib, o'zining turli sayyohlik maskanlari va noyob arxeologik yodgorliklari bilan sayyohlarni faol jalb qilib kelmoqda.
O'zbekiston turizmi o'zining ko'plab yo'nalishlari bilan mashhur. Chunki respublika ko'plab muzeylar va qadimiy yodgorliklardan tashqari go'zal tabiat manzaralari, purviqor tog'larni o'z ichiga oladi.
"O'zbekistondagi turizm - bu vaqt va makon bo'ylab sayohat, u sizga o'zining boy tafsilotlari bilan qamrab oladigan unutilmas onlarni taqdim etadi. O'zbekistondagi turizm bugungi kunni o'tmish, tarix va zamonaviylik bilan uyg'unlashtiradi", – deyiladi maqolada.
YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan masjidlar, saroylar va arxeologik yodgorliklar... Bularning barchasi va yana ko'p narsalar O'zbekistonni dunyoning eng yaxshi sayyohlik maskaniga aylantiradi.
"O'zbekiston sizni buyuk alloma va mutafakkirlarga beshik bo'lgan mashhur Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi qadimiy shaharlar sari boshlaydi", deb ta'kidlagan nashrda.
Shuningdek, maqolada O'zbekistonning eng go'zal shaharlari – Toshkent, Andijon, Farg'ona to'g'risidagi aniq ma'lumotlar mushtariylar e'tiboriga taqdim qilingan.
"Bu islohotlarda xalqaro hamkorlik muhim o'rin tutadi, chunki O'zbekiston Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, BMT kabi xalqaro tashkilotlardan tashqari Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya kabi davlatlar bilan ham sheriklik aloqalarini o'rnatgan. Bu hamkorliklar ilg'or tajriba almashish, texnik yordam ko'rsatish va adliya organlari uchun o'quv dasturlarini tashkil etish imkonini berdi", deyiladi nashrda.
Masalan, O'zbekistonda Janubiy Koreyaning elektron sud tizimi joriy qilingan. O'zbekistonda sud jarayonlarini modernizatsiya qilish va ularni xalqaro standartlarga moslashtirish doirasida Italiya yuridik instituti tomonidan tashkil etilgan vebinarlarda o'zbekistonlik 300 dan ortiq advokat va sudyalar ishtirok etdi.
Maqola yakunida, "O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi yanada shaffof, adolatli va samarali sud tizimini yaratishga qaratilgan. Xorijiy hamkorlar bilan xalqaro hamkorlik bu o'zgarishlarni olg'a siljitishda muhim omil bo'ldi", – deb yozilgan.