O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarning Kuvaytga eksporti ortadi
O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarning Kuvaytga eksporti ortadi
AL-KUVAYT, 30-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari "Lulu Group International" kompaniyasining Kuvaytdagi vakolatxonasi mutasaddilari bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqotda O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport hajmini yana-da oshirish yo'nalishida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Diplomatlar o'zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida so'zlab berishdi.
Lulu Group International" vakillari O'zbekistondan meva va sabzavotlarni Kuvaytga eksportini yo'lga qo'yishga qiziqish bildirdi. Kuvayt tomoniga ko'ra, O'zbekiston mahsulotlari "Lulu Hypermarket"ning Kuvaytdagi 16 ta savdo tarmoqlari orqali sotish rejalashtirmoqda.
Tomonlar o'zbek mahsulotlarini Kuvaytga olib kelish bo'yicha transport-logistika yo'llari xususida ham fikr almashdilar.
Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida, yaqin kunlarda O'zbekistondan Kuvaytga "Jazeera" aviakompaniyasi havo qatnovlari orqali 3 tonna ho'l mevalar olib kelinishi qayd etildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 16-21-oktabr kunlari Toshkent shahri, Farg'ona va Sirdaryo viloyatlarida "O'zbekiston-Kuvayt" biznes-forumlari o'tkazilishi ma'lum qilindi va unga ishtirok etish taklifi bildirildi.