Toshkent va Qo'qon shaharlarida O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumi o'tkaziladi
Toshkent va Qo'qon shaharlarida O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumi o'tkaziladi
AL-KUVAYT, 14-oktabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 15-21-oktabr kunlari Kuvaytning yetakchi ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya biznes-missiya bilan O'zbekistonda bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.
Safar davomida Toshkent va Qo'qon shaharlarida O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumlari hamda Sirdayoda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida В2В shaklidagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
O'zbekiston elchixonasi ma'lumotga ko'ra, mazkur iqtisodiy tadbirlarda Kuvayt Tashqi ishlar, Savdo va sanoat vazirliklari, Sanoat bosh qo'mitasi vakillari hamda "Kuwait Invest Company", "KAMCO Invest Co." va "EAPSCO" singari nufuzli kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Biznes-forum davomida Kuvayt tomoni O'zbekistonda iqtisodiyot, savdo-sanoat, qishloq xo'jaligi, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay muhit bilan yaqindan tanishadilar.