Kuvaytning yetakchi haftalik gazetasida O'zbekiston elchisi bilan suhbat e'lon qilindi
Kuvaytning yetakchi haftalik gazetasida O'zbekiston elchisi bilan suhbat e'lon qilindi
AL-KUVAYT, 15-oktabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning yetakchi "Times Kuwait" haftalik gazetasida O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumida ishtirok etish kuvaytliklarga ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadi" sarlavhali maqola ingliz tilida bosildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Mazkur maqola O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov bilan uyushtirilgan intervyu asosida tayyorlangan.
"O'zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov kuvaytlik ishbilarmonlarni joriy yil 16-22-oktabr kunlari Toshkent shahri, Farg'ona va Sirdaryo viloyatlarida bo'lib o'tadigan O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumida ishtirok etishga chaqirib, elchixona kuvaytliklarning O'zbekistonga oid savollariga to'liq javob berishga tayyorligi ta'kidladi", – deyilgan maqolada.
Nashrda ta'kidlanishicha, hozirga qadar forumda qatnashish istagini bildirgan Kuvayt kompaniyalaridan 60 dan ortiq ishtirokchining ro'yxati shakllantirilgan.
Intervyuda, shuningdek, joriy yilda O'zbekistonga minglab kuvaytliklar sayyohlik maqsadida borgani ma'lum qilingan.
"Kuvayt fuqarolari 10 kunlik muddatga O'zbekistonga vizasiz borishlari mumkin. Kuvayt fuqarolari O'zbekistonning boy sayyohli salohiyati bilan tanishishga taklif qilamiz", – deya mamlakatimiz elchisi so'zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.