Kuvayt kompaniyasi O'zbekistonda kimyo sanoatida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda
Kuvayt kompaniyasi O'zbekistonda kimyo sanoatida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda
AL-KUVAYT, 17-oktabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "O'zkimyosanoat" kompaniyasi vakillari hamda Kuvaytning "EPSCO" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Alaa Hasan o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.
Unda O'zbekiston va Kuvayt o'rtasida investitsiyalar almashuvini faollashtirish, "EPSCO" kompaniyasining yurtimizda qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kuvayt tomoni uchun O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida taqdimot o'tkazildi.
"EPSCO" kompaniyasi rahbariyati tibbiy sanoat uchun etanol, sanitariya va dezinfeksiya mahsulotlari ishlab chiqarish hamda kimyo sanoatida hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.
Muzokaralar yakunida taklif etilgan loyihalar bilan bevosita tanish maqsadida kompaniya delegatsiyasining O'zbekistonga ishchi safarini tashkil etish kelishib olindi.