Kuvayt universiteti huzuridagi Til o'qitish institutida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Kuvayt universiteti huzuridagi Til o'qitish institutida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi
AL-KUVAYT, 19-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Kuvayt universiteti huzuridagi Til o'qitish institutida arab tilini o'rganish bo'yicha grant asosida ta'lim olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Suhbat davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor, talabalarning o'qish jarayonlari va yaratilgan sharoitlar haqida fikr almashildi.
Talabalarning ta'kidlashicha, universitet ma'muriyati hamda o'qituvchilarning O'zbekistonga nisbatan hurmati baland, boy tariximiz hamda ulkan madaniy merosimizga bo'lgan qiziqish ham juda yuqori.