Qo'qon shahrida O'zbekiston–Kuvayt biznes-forumi o'tkazildi
Qo'qon shahrida O'zbekiston–Kuvayt biznes-forumi o'tkazildi
AL-KUVAYT, 22-oktabr. /"Dunyo" AA/. Farg'ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda joriy yil 18-19-oktabr kunlari Qo'qon shahrida O'zbekiston-Kuvayt biznes forumi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tadbirda Kuvayt Tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Ahmad al-Ilaj boshchiligidagi biznes delegatsiya qatnashdi.
Forumda Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va investitsiyalar bo'yicha o'rinbosari Nuriddin Mamajanov, Kuvayt Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Ahmad al-Ilaj nutq so'zladilar.
Tadbir davomida Farg'ona viloyatiga sarmoya kiritish hamda sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o'tkazildi. Shuningdek, O'zbekiston va Kuvayt ishbilarmon doira vakillari o'rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.
Forum doirasida kuvaytlik biznesmenlarning "Qo'qon" erkin iqtisodiy hududi faoliyati bilan tanishdi.
Bundan tashqari, Kuvayt vakillari "Farg'ona – vodiy gavhari. Investitsiyalar va turizm istiqbollari" mavzusidagi birinchi xalqaro forumda ham ishtirok etishdi.