Kuvaytdagi vatandoshlar: Bizning tanlovimiz O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qo'llab-quvvatlaydi
Kuvaytdagi vatandoshlar: Bizning tanlovimiz O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qo'llab-quvvatlaydi
AL-KUVAYT, 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. Kecha O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 24-saylov uchastkasida mamlakatimiz parlamenti saylovida ishtirok etgan vatandoshlarimiz "Dunyo" AA muxbiri bilan suhbatda jarayon haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdilar:
Maftuna Muhitdinova, menejer:
– Konstitutsiyaviy huquqlarimdan foydalangan holda, O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida tashkil etilgan saylov uchastkasiga kelib, ovoz berganimdan behad xursandman. Bunday imkoniyat yaratilganligi uchun barcha yurtdoshlarimiz nomidan O'zbekiston Hukumatiga minnatdorlik bildiraman. Yurtimizda bo'layotgan o'zgarishlarni doimo kuzatib boraman va qo'llab-quvvatlayman.
Saylov kodeksining yangi normalariga binoan, mamlakatimizda parlament saylovi aralash tizim – majoritar va proporsional asosda o'tayotgani ulkan islohotlarning natijasidir. Ushbu yangi tizim chet ellarda istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz uchun ancha qulaylik yaratdi. Chunki, xorijdagi saylovchilar siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari bilan tanishgan holda, o'zlari munosib deb topgan partiya uchun ovoz berdi.
Viktoriya Kim, vatandosh:
–O'zbekiston kelajagi uchun muhim bo'lgan siyosiy tadbirda ishtirok etish taklifidan juda xursand bo'ldim. O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasida ovoz berish uchun zarur sharitlar yaratilgan. Kurashayotgan siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari, saylov qonunchiligiga oid normativ hujjatlar bilan tanishib chiqdim. Yakunda o'z tanlovimni amalga oshirdim.
Murod Karimov, menejer:
– Men o'z fuqarolik burchimni bajarish uchun Kuvaytdagi saylov uchastkasiga keldim. Bu yerda parlament saylovlarida ovoz berish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. O'zbekiston Hukumatining xorijiy davlatlardagi vatandoshlarga ulkan e'tiboridan xursandmiz.
Bugungi saylovlar yuksak darajada va ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Menning tanlovim O'zbekiston amalga oshirayotgan ortga qaytmas islohotlar qullab-quvvatlaydi.